Jahon | 23:24 / 20.11.2021
8427
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar BAAning Afg‘onistondagi elchixonasi faoliyatini tiklaganini ma'lum qildi

Afg‘oniston OAVning xabarlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Kobulda Saudiya Arabistoni elchixonasi ham o‘z ishini boshlashi mumkin.

BAAning Kobuldagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan so‘ng faoliyatini tikladi. Bu haqda Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Ahmadulla Vosiq ma'lum qildi.

"Birlashgan Arab Amirliklari poytaxt Kobuldagi elchixonasini qayta ochdi va o‘z bayrog‘ini ko‘tardi. Bu hamkorligimizning yanada ulkan istiqboli tomon ijobiy qadam. BAA va Afg‘oniston mustahkamlash zarur bo‘lgan yaxshi munosabatlarga ega", - deb yozdi u o‘z Twitter sahifasida. 

BAA hukumati bu ma'lumotni hozircha tasdiqlamadi.

Afg‘oniston OAVning xabarlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Kobulda Saudiya Arabistoni elchixonasi ham o‘z ishini boshlashi mumkin.

Mavzuga oid