Jahon | 15:21 / 27.11.2021
4574
2 daqiqa o‘qiladi

COVID-19 yangi shtammining xavfliligi Ebola virusiga qiyoslandi

Montgomerining so‘zlariga ko‘ra, hozirda mutaxassislarda omikron-mutatsiya bilan bog‘liq xavf haqida aniq ma'lumot yo‘q, ammo u dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda.

Foto: AP Photo / Jerome Delay

Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi (WMA) rahbari Frank Ulrih Montgomeri koronavirus yangi shtammining xavflilik darajasini Ebola virusiga tenglashtirdi.

Montgomerining so‘zlariga ko‘ra, hozirda mutaxassislarda omikron-mutatsiya bilan bog‘liq xavf haqida aniq ma'lumot yo‘q, ammo u dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda.

«Men ko‘proq bu shtamm delta kabi yuqumli va Ebola kabi xavfli bo‘lishidan xavotirlanyapman», — dedi u.

Montgomerining so‘zlariga ko‘ra, insoniyat dastlab koronavirusning xavfliligiga yetarlicha baho bermadi va uni grippga qiyosladi. Ko‘pchilik jamoaviy immunitetga erishish mumkin deb o‘yladi, ammo keyin delta-shtamm paydo bo‘ldi.

JSST ma'lumotiga ko‘ra, B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.

Yangi variant 32ta mutatsiyaga ega. Virusologlarning qayd etishicha, virus mutatsiyalarining ko‘pligi juda jiddiy muammo.

JSST yangi shtammga grek alifbosining 15-harfi bilan “Omikron” deb nom berdi.

Mavzuga oid