Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusning JARda aniqlangan yangi ştammini grek alifbosining 15-harfi bilan “Omikron” deb nom berdi.

“JSST B.1.1.529 ştammini “xavotir uyğotuvçi variant” deb topdi, u “Omikron” deb nomlandi”, — deyiladi taşkilot xabarida.

Qayd etilişiça, mazkur ştammda “köplab mutatsiyalar bölib, ularning ayrimlari xavotirga soladi”. 

JSST ma'lumotiga köra, B.1.1.529 ştammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.

Koronavirusning yangi B.1.1.529 varianti Janubiy Afrika, Botsvana, Isroil, Hongkong va Belgiyada aniqlangan.

Yangi variant 32ta mutatsiyaga ega. Virusologlarning qayd etişiça, virus mutatsiyalarining köpligi juda jiddiy muammo.