Jamiyat | 08:50 / 27.11.2021
2016
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘g‘rilik qilgan er-xotinga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘g‘rilik qilgan er-xotinga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 noyabr kuni Termiz tumani Navro‘z mahallasida yashovchi, R.Zilola tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida joriy 17 oktyabr kuni, uyidan narxi 3 million so‘m bo‘lgan “Royson” rusumli muzlatkichini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘rilikni, Termiz tumanida yashovchi J.Shavkat va turmush o‘rtog‘i, V.Sanobar sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid