Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili sud binosidan tez yordam mashinasida olib ketildi
Foto: Reuters
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili 29 noyabrda sud binosini tez yordam mashinasida tark etdi. Siyosatchi sudda 2007 yil noyabrda Tbilisidagi namoyishning kuya bilan tarqatilishi va “Imedi” telekompaniyasi ofisining ostin-ustun qilinishi ishi bo‘yicha javob bergan.
Voqea joyidan olingan videoda sud binosini 3 ta politsiya mashinasi hamrohligida tez yordam reanimatsiya avtomobili tark etayotganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq Saakashvili sud zalini o‘z nutqini so‘zlab bo‘lgandan bir soat o‘tib tark etgani ma'lum qilingan. Uning advokatlari ta'kidlashicha, shifokorlar siyosatchiga sog‘lig‘i yomonlashgani sababli sud jarayonida 2 soatdan ko‘p ishtirok etmaslikni tavsiya qilishgan.
Sud yig‘ilishi vaqtida sobiq prezident prokuratura ayblovlarini tan olmasligini aytgan va ularni “oldindan yozilgan komediya” deb atagan. U Tbilisidagi namoyishning kuch bilan tarqatilishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Saakashvili Gruziyaga qaytganidan keyin 1 oktyabrda hibsga olingandi. U bunga norozilik sifatida ochlik e'lon qilgan. Uzoq davom etgan ochlik natijasida siyosatchining sog‘lig‘i yomonlashgan.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
21:42 / 08.04.2025