Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Qrim to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Mujohid agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bo‘lishni istasa, «Tolibon» ham bunga qo‘shilishini aytdi.
Foto: Rostislav Juravlyov/Octagon.Media
«Tolibon» harakati Qrimda yashayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z ovozi bor, dedi harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid «Oktagon» nashriga bergan intervyusida.
«Qrim masalasida aytmoqchimanki, bu Ukraina va Moskvaning ishi. Bu muammo tez vaqtda yechiladi deb umid qilamiz. U tufayli mintaqada urush boshlanishi va boshqa mamlakatlar bundan o‘z maqsadlarida foydalanishidan Xudo saqlasin», — deya qo‘shimcha qildi Mujohid.
Harakat vakili Qrimning Rossiya hududi deb tan olinishi borasida agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bo‘lishni istasa, «Tolibon» ham bunga qo‘shilishini aytdi.
Oktyabrda Kreml vakili Dmitriy Peskov toliblarni Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati deb atagandi.
«Toliblar yuridik jihatdan tan olinmagan, ammo amalda Afg‘oniston rahbariyati hisoblanadi», — degandi u.
Mavzuga oid
20:57 / 02.04.2026
Qrimda An-26 qulashi oqibatida Shimoliy flot aviatsiyasi komandiri halok bo‘lgan
13:21 / 01.04.2026
Qrimda harbiy samolyot qulab, 30 kishi halok bo‘ldi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
17:02 / 27.02.2026