Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi savolga javob berdi
Rossiya prezidentining aytishicha, xalqaro munosabatlarda barcha ishtirokchilarning manfaatlari hisobga olinsa, «hammasi yaxshi bo‘ladi».
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi to‘g‘risida yil boshida gapirishgandi, ammo unday bo‘lmadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga Moskva tomonidan xavf bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga ana shunday javob qaytardi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro munosabatlar tiklansa hech kim hech qanday tahdid ostida qolmaydi.
«Gap qo‘shin kiritish-kiritmaslik, urushish-urushmaslikda emas, gap munosabatlarni yaxshilashda», — dedi Putin.
Rossiya prezidentining aytishicha, xalqaro munosabatlarda barcha ishtirokchilarning manfaatlari hisobga olinsa, «hammasi yaxshi bo‘ladi».
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya chegaralari yaqinida rejadan tashqari yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishidan «tashvishlanmoqda».
20 noyabrda AQShning The New York Times gazetasi shov-shuvli maqola e’lon qilgandi. AQSh va Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga tayanilgani aytilgan maqolada yozilishicha, Vladimir Putin Ukrainadagi yangi hududlarni egallab olishga yoki u yerlarda o‘ziga yon bosuvchi rahbarlarni qo‘yish orqali vaziyatni izdan chiqarishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026