Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10dan ortiq xorij davlatidan O‘zbekistonga kirib kelganlar majburiy karantinga olinadi
Yevropaning sakkiz davlati, shuningdek, Avstraliya, Isroil va Misrdan kirib keluvchilar uyda yoki mehmonxonada majburiy 10 kunlik karantin muddatini o‘taydi. O‘zbekistonga kirib keluvchilarning barchasi PZR-testning manfiy natijasiga ega bo‘lishi kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda «omikron» tufayli joriy etilgan navbatdagi cheklov choralari to‘g‘risida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi.
«Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va cheklovlar belgilandi», deyiladi xabarda.
Jumladan, endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:
- mamlakatimizga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma'lumotnomaga ega bo‘lishlari lozimligi;
- koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma'lumoti mavjud bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shartligi belgilandi.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O‘zbekiston hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan so‘ng mamlakat hududiga kirib kelgan kundan e'tiboran 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.
Bundan oldinroq O‘zbekiston 3 dekabrdan keyingi yil 10 yanvariga qadar qator mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026