Soğliqni saqlaş vazirligi epidemiologik vaziyat murakkab bölgan bir qator davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar töxtatilişi haqida ma'lum qildi.
«Sönggi kunlarda Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Çexiya, Avstraliya, Misr hamda Janubiy Afrika mintaqasi mamlakatlarida (Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Lesoto, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini va Tanzaniya) koronavirusning yangi «omikron» ştammi keng tarqalib, epidemiologik vaziyat keskinlaşib borayotgani munosabati bilan, qator davlatlarda, xususan AQŞ, Avstriya, Germaniya, Slovakiya, Rossiya Federatsiyasi va Qozoğistonda qöşimça karantin çeklovlari joriy etilmoqda.
Öz navbatida, Özbekiston Respublikasida ham koronavirus infeksiyasi, şu jumladan, uning yangi «omikron» ştammi tarqalişining oldini oliş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarşi immunitetni oşiriş maqsadida joriy yil 17 noyabrdan boşlab töliq emlangan fuqarolarni buster doza bilan ixtiyoriy emlaş tartibi joriy etildi.
Qolaversa, jahondagi murakkab epidemiologik vaziyat Özbekiston aholisini ham ogohlikka çaqiriş, fuqarolarimiz örtasida ehtiyotkorlik susayib ketişining oldini oliş zarurati paydo bölganini körsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Şundan kelib çiqib, Respublika maxsus komissiyasining yiğilişida yangi yil arafasida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qoliş va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» ştammi kirib kelişiga yöl qöymaslik böyiça bir qator masalalar körib çiqildi.
2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar:
- Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Hongkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kiriş) töxtatildi.
- Mazkur davlatlarning fuqarolari va uşbu davlatlarda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, sönggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bölgan uçinçi davlat fuqarolari Özbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.
Mas'ul vazirlik va idoralar uşbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqiçma-bosqiç tiklaş yuzasidan taklif kiritib borişi belgilandi.

















