Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:31 / 03.12.2021
7031
1 daqiqa o‘qiladi
Bozorlardagi narxlar ma'lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 dekabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 3000—7000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1000—4000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1000—5500 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 7000—15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5000 —17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7800—10 500 so‘m.
Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:44
2 oyda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 1,8 mlnga yetdi
08:22
2000 yildan beri temiryo‘lda yo‘lovchi tashish qanday o‘zgardi?
18:22 / 21.03.2026
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
14:40 / 21.03.2026