Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda yuz bergan avtohalokat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Foto: KUN.UZ
Nukus-Chimboy yo‘lida ikkita "Cobalt" to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 1 dekabr kuni soat 12:40 larda, Nukus tumani “Taqirko‘l” OFY hududidan o‘tgan 4R-176 Nukus shahar-Chimboy-Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 21 km.da YTH yuz bergan. Qorao‘zak tumani “Berdaq” OFYda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan P.A. “Cobalt” mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan “Cobalt” bilan to‘qnashib ketgan.
Avtohalokat oqibatida P.A. jarohat olib, Nukus tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Ikkinchi “Cobalt” haydovchisi hamda yo‘lovchilari jarohat olmagan. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Nukusda YPX xodimi mastlikni aniqlash uchun o‘zining telpagidan foydalangandi.
Mavzuga oid
12:12
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi
09:14 / 19.12.2025