Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sapyorlar Erdo‘g‘an ishtirokidagi mitingda portlovchi qurilmani yo‘q qildi – OAV
Masofadan boshqariladigan bomba mitingda xavfsizlikni ta'minlashga jalb etilgan politsiyachilardan birining mashinasi ostidan topilgan.
Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari Siirt shahrida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokidagi mitingda portlovchi qurilmani yo‘q qildi. Bu haqda Cumhuriyet gazetasi xabar bermoqda.
Masofadan boshqariladigan bomba mitingda xavfsizlikni ta'minlashga jalb etilgan politsiyachilardan birining mashinasi ostidan topilgan.
Gazetaning yozishicha, bomba so‘nggi lahzalarda aniqlangan va Erdo‘g‘an so‘zga chiqishidan biroz avval yo‘q qilingan.
Turkiya prezidenti o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilish uchun shanba kuni Siirt shahriga keldi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026