Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yavada uyg‘ongan halokatli vulqon oqibatlari - suratlarda
Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Semeru vulqoni otila boshladi. Undan chiqayotgan kul va oltingugurt atrofdagi qishloqlarga yopirildi va mahalliy aholi orasida vahima keltirib chiqardi. Hukumat tog‘larda yashovchi odamlarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga kirishdi.
4 dekabr kuni Indoneziyaning Yava orolida mamlakatdagi 130ga yaqin vulqonlardan biri — Semeru vulqoni faollasha boshladi. Vulqon otilishi oqibatida kul ustuni 15 kilometrgacha balandlikka ko‘tarilgan, shu tufayli aviakompaniyalar o‘z marshrutlarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan.
Havoga chiqqan kul ustuni uning atrofidagi 11 qishloqni qoplab olgan. Qutqaruv amaliyotini hududda ko‘ruvchanlik qiyinlashgani elektr ta'minoti uzilgani va tropik yog‘inlar murakkablashtirmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan, yana 100ga yaqin kishi jabrlangan. Shifoxonaga yotqizilganlarning aksarida qaynoq lavadan kuyish asoratlari qayd etilgan.
Sharqiy Yava provinsiyasidagi Lumadjang okrugidan 900dan ortiq kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Juni Kriswanto / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026