Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Qozog‘iston biznes-forumida 5,9 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi
Nur-Culton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar ishtirok etdi.
Yangi tashabbus – ikki mamlakatning chegara hududida xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil qilinishi alohida qayd etildi. Markaz zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan jihozlanadi. Uning rezidentlari o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik tadbirkorlarini qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etishga jalb qiladigan bir qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ladi.
Tadbirlar yakunida ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirdi.
Forum yakunida umumiy qiymati 5,9 milliard dollarga teng bo‘lgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha savdo shartnomalari va ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026