Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bir-biriga tutash uchta xonadonda yong‘in chiqdi
Samarqand tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda yonma-yon joylashgan uchta xonadonning tom va shift qismi hamda uy jihozlari yonib zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 6 noyabr kuni soat 07:30 larda Samarqand tumani FVBga tuman “Qoziqo‘rg‘on” MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan soat 7:42 da voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 8:08 da qurshab olingan va soat 8:58da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 metr kvadrat maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inda hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:59 / 13.06.2026