Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi. Tafsilotlar hozircha ma'lum qilinmadi
Bayden Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga umid bildirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning videomuloqoti ikki soatdan sal ortiqroq davom etdi, deb xabar berdi RBK.
Muloqot himoyalangan videoaloqa kanali orqali yopiq rejimda o‘tkazildi.
Bayden suhbat avvalida Putin bilan Rimdagi G20 sammitida uchrasha olmaganidan afsusdaligini bildirdi va «yigirmatalik»ning kelgusi sammitida yuzma-yuz uchrashishga umid bildirdi.
O‘zaro muloqotning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum qilinmadi.
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Bayden «inqirozli mavzular»ni muhokama qilishini aytgandi.
O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy muammolar bo‘yicha suhbatlashishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026