Jahon | 22:39 / 07.12.2021
7912
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada kuchli bo‘ron sodir bo‘ldi

Ma'lumotlarga ko‘ra, uylarning tomlari uchib ketgan, ayrim joylarda uylarni suv bosgan.

Foto: Haberturk

Antaliyada bo‘ron sodir bo‘lishi oqibatida daraxtlar ag‘darildi, deb xabar bermoqda Haber Türk.

“Tezligi soatiga 123 kilometrga yetgan bo‘ron oqibatida ko‘plab daraxtlar ag‘darildi. Ko‘nyaalti plyajida ulkan to‘lqinlar hosil bo‘ldi, Antaliya aeroportida aviaqatnovlar to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, uylarning tomlari uchib ketgan, ayrim joylarda uylarni suv bosgan.

Mamlakat g‘arbi va janubi-g‘arbidagi provinsiyalarda ham noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda.

Turkiya meteorologiya boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, Antaliya, Mug‘la, Burdur, Isparta, Aydin, Izmir va Balikesirda xavfning sariq darajasi e'lon qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid