Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ikkita «Damas» o‘zaro to‘qnashdi. Yo‘lovchi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ikkita «Damas» o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ulardan birida ketayotgan yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 dekabr kuni M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumani Kushon mahallasidan o‘tgan 1513-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Sho‘rchi-Denov yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Damas» Denov-Sho‘rchi yo‘nalishi bo‘ylab kelayotgan boshqa bir «Damas» bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ulardan birida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchilardan biri yo‘ldagi nosoz joyni aylanib o‘tish uchun qarama-qarshi tomonga o‘tib harakatlangan va ro‘paradan kelayotgan «Damas» bilan to‘qnashgan.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025