Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan buyon Toshkent yo‘llarida 32 nafar piyoda halok bo‘ldi
2021 yil 7 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan «Diqqat piyoda» shiori ostida aksiya o‘tkazilib, aksiya davomida yo‘l harakati ishtirokchilari bilan yo‘l-transport hodisalari sonini qisqartirishga qaratilgan tushuntirish suhbatlari o‘tkazildi.
Poytaxt IIBB ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar kunidan 30 noyabriga qadar poytaxtda piyodalar ishtirokida 524 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan bo‘lib, natijada 32 kishi badan shikastlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan va yana 487 kishiga turli og‘irlikdagi badan shikastlari yetgan.
“Bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lmaydi: ba'zida piyodaning o‘zi belgilangan qoidalarni buzib, yo‘lda kutilmagan omilga aylanmoqda. Shu sababli, Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta e'tibor qaratilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, 2021 yilning 11 oyi davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 861 ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
19:55 / 05.05.2026
Xatolar tan olindimi? Peshlavha mashmashasi bo‘yicha tomonlar muloqoti
17:45 / 05.05.2026
Toshkentdagi tadbirkorlarning peshlavha muammosi prezidentga olib chiqildi
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
07:36 / 05.05.2026