Jahon | 15:09 / 11.12.2021
4045
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki Afg‘onistonga 280 mln dollar ajratadi

Pullar yil oxiriga qadar afg‘onistonliklarga yordam berishni zimmasiga olgan YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisoblariga tushadi. ​​

Foto: AFP

Jahon banki Afg‘onistonga maxsus fonddan 280 million dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, mablag‘ mamlakat iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat tufayli Jahon banki boshqaruvidagi Afg‘onistonni tiklash maqsadli fondi (ARTF) tomonidan ajratiladi.

Pullar yil oxiriga qadar afg‘onistonliklarga yordam berishni zimmasiga olgan YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisoblariga tushadi. ​​

Bankning aniqlik kiritishicha, YUNISEF ​​ 100 million, WFP esa 180 million  dollar oladi.

Jahon banki ushbu mablag‘ YUNISEFga "12,5 million kishini tibbiy xizmatlar bilan ta'minlash hamda bir million kishini emlash imkonini beradi" deb hisoblamoqda. O‘z navbatida, WFP 2,7 million kishiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid