Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mulk daxlsizligi ta'minlanmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
“Huquq ustuvorligi” xalqaro reytingining “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi” subindikatorida O‘zbekiston 139 ta mamlakat ichida 138-o‘rinni egalladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston mulklarni sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz musodara qilish bo‘yicha reytingda eng yomon natijalardan birini qayd etgan. Bu haqda 10 dekabr kuni prezident farmoniga zid ravishda jonli efirga uzatilmasdan o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida aytib o‘tilgan.
Yig‘ilishda deputatlarga Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Huquq ustuvorligi” indeksiga doir ma'lumotlar taqdim qilingan. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma'lum qildi.
Ushbu indeksdagi “Qonunlarga rioya qilish” indikatorining “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi” subindikatorida (2021 yil hisobotida) O‘zbekiston maksimal 1 balldan 0.25 ball bilan 139 ta mamlakat ichida 138-o‘rinni egallagan.
“Pozor! Xususiy mulk daxlsizligi bo‘yicha xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning mana shu kulgili ahvolga tushishiga hissa qo‘shgan barcha amaldorlarga “rahmat!” deb yozdi Oliy Majlis deputati.
Ma'lumot uchun, kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda deputatlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonunchilik palatasi va Milliy teleradiokompaniya 1 dekabrdan kuchga kirgan prezident farmonini pisand qilmasdan yalpi majlisni jonli efirga uzatmasdan kelmoqda.
Mavzuga oid
20:28 / 03.12.2025
Bu «hayfsan» bilan bitadigan ish emas: Shahrixonda buzib tashlangan tandirlar badalini kim to‘laydi?
10:32 / 11.08.2025
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
17:12 / 07.12.2024