Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiy qismlari tanklar bilan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi
Jangovar o‘q otish mashqlarida T-72B3 va T-90A tanklari ishtirok etgan.
Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya janubiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlar dala sharoitida jangovar o‘q otish mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Tank ekipajlari Volgograd va Rostov oblastlari, Adigey, Dog‘iston, Ingushetiya, Shimoliy Osetiya, Qorachoy-Cherkesiya va Qrimdagi poligonlar hamda Abxaziya, Armaniston va Janubiy Osetiyadagi harbiy bazalarda mashqlar bajardi", - deyiladi xabarda.
Jangovar o‘q otish mashqlarida T-72B3 va T-90A tanklari ishtirok etgan.
Xabar qilinishicha, janubiy harbiy okrug qo‘shinlarining taktik tayyorgarlik ishlari 2022 yil fevralgacha davom etadi.
Avvalroq Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya Ukraina bilan shimoliy, sharqiy va janubiy chegaralarda 114 ming nafargacha harbiy xizmatchi joylashtirganini aytgandi.
Mavzuga oid
14:59
Dniproda Rossiya dronlari hujumida yetti kishi jabrlandi
08:47
Grem: Tramp Rossiya bo‘yicha sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga “yashil chiroq” yoqdi
08:37
Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari RF sababli elektrsiz qoldi
21:07 / 07.01.2026