Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina qishda Rossiyaning bostirib kirish “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirildi
Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan shimoliy, sharqiy va janubiy chegaralarda 114 ming nafargacha harbiy xizmatchi joylashtirgan.
Foto: AP
G‘arb davlatlari razvedkalari Ukrainani qishda Rossiya qo‘shinlari mamlakatga bostirib kirishi “ehtimoli yuqori”ligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hozirda Ukraina bilan chegarada yuz mingdan ortiq Rossiya harbiy xizmatchilari joylashtirilgan.
G‘arb razvedkasining xulosalari nafaqat chegarada qo‘shinlar joylashtirilgani, balki Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalari to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga asoslangan, degan Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar.
Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan shimoliy, sharqiy va janubiy chegaralarda 114 ming nafargacha harbiy xizmatchi joylashtirgan.
Shu bilan birga, Rossiya Belarus bilan o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng "tanklari, jangovar mashinalari va reaktiv tizimlarini namoyishkorona tarzda chegara bo‘ylab joylashtirgan".
Mavzuga oid
20:19 / 10.05.2026
«Reja – oyiga 30 ming kishini o‘ldirish. Buni ortig‘i bilan bajaryapmiz» – Ukrainalik taniqli komandir
14:17 / 10.05.2026
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026