Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda qishda ochlikdan million bola nobud bo‘lishi mumkin - BMT
Afg‘onistonda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 8,7 mln nafarga yaqinlashmoqda. Bu haqda BMT tahliliga tayanib The New York Times nashri xabar berdi.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelgandan 4 oy o‘tib mamlakat ko‘plab gumanitar inqirozlar, jumladan oziq-ovqat o‘tkir yetishmovchiligi girdobida qolmoqda. Joriy qishda bu inqiroz sababli million afg‘on bolasi halok bo‘lishi mumkin.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston aholisining yarmi, ya'ni 22,8 mln kishi jiddiy oziq-ovqat yetishmovchiligiga to‘qnash keladi.
Nashrning ta'kidlashicha, ushbu inqiroz toliblar hokimiyatni egallagandan keyin yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul bilan bog‘langan: AQShning harakatga qarshi kiritgan sanksiyalari mamlakatga xalqaro moliyaviy yordamning to‘xtatilishi va insonparvarlik yordami yetkazilishining qiyinlashishiga olib kelgan.
Shuningdek, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimi falokat yoqasida turibdi: mamlakatga ajratilgan 600 mln dollarlik yordam muzlatib qo‘yilgan.
Shu bilan birga, Vashington oktyabrda AQSh hukumatiga va BMT kabi ba'zi xalqaro tashkilotlarga Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun “Tolibon” bilan hamkorlik qilishga ruxsat bergan.
Mavzuga oid
09:06
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026