Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi
Parij sudi Geanni politsiyaning gumondorlarni kuzatish harakatlari uchun ajratilgan fondidan o‘ziga va IIVning boshqa xodimlariga har oyda noqonuniy ravishda mukofot yozganlikda aybdor deb topdi.
Foto: AFP
Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri Klod Gean noqonuniy ravishda mukofotlar to‘laganlikda aybdor deb topilib qamoqqa olindi. Bu haqda LCI telekanali xabar bermoqda.
Parij sudi Geanni politsiyaning gumondorlarni kuzatish harakatlari uchun ajratilgan fondidan o‘ziga va IIVning boshqa xodimlariga har oyda noqonuniy ravishda mukofot yozganlikda aybdor deb topdi.
2002-2004 yillar davomida to‘langan mablag‘ miqdori 210 ming yevroni tashkil etganligi aniqlangan. Fonddan har oyda 10 ming yevrodan olingan, uning yarmini Gean o‘ziga olib qolgan, yarmini esa uch nafar yordamchisiga bergan.
Sud unga ikki yillik qamoq (bir yili shartli) va 75 ming yevro jarima belgiladi. Bundan tashqari, unga besh yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi.
Klod Gean 2002 yilda ichki ishlar va iqtisodiyot vazirliklarida Nikolya Sarkozi ma'muriyati direktori bo‘lgan, 2011-2012 yillarda ichki ishlar, dengizorti hududlari, mahalliy boshqaruv va immigratsiya vaziri lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
17:45
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026