O‘zbekiston | 10:45 / 13.12.2021
2574
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘ng‘irotlik ovchilar Shumanayda 150 dona yovvoyi kabutarni ovlashdi

FOTO: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Shumanay tuman inspeksiyasi tomonidan "Ketenler" OFY hududida tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan. Unda Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda 150 dona yovvoyi kabutarlar ovlanganligi aniqlangan.

FOTO: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Kabutar ovchilariga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-bandiga asosan ma'muriy ishlar bo‘yicha sud organiga o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, noqonuniy tarzda tutilgan kabutarlar ozuqa uchun Nukus shahridagi hayvonot bog‘iga beg‘araz topshirilgan.

FOTO: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi

Oldinroq Qoraqalpog‘istondagi yagona hayvonot bog‘i yopilib ketish arafasida qolgani haqida xabar bergandik. O‘shanda Nukusdagi xususiy hayvonot bog‘ida ayiq suvsiz qoldirilib, tahqirlangani aytilgandi.

Mavzuga oid