Jizzax viloyati Paxtakor tumani ekologiya davlat inspektoriga nisbatan ovçilar tomonidan tan jarohati yetkazildi. Bu haqda Ekologiya qömitasi matbuot xizmati rahbari Ismatilla Döstmurodov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Unga köra, 2023 yil 2 yanvar kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani ekologiya bölimi davlat inspektorlariga tumandagi Akmal Ikromov SIU hududida joylaşgan fermer xöjaligi rahbari tomonidan hududda noqonuniy ov qiliş holatlari kuzatilayotgani va uşbu ovçilarga nisbatan qonuniy çora körilişi sörab murojaat qilinadi.
Murojaatni örganiş maqsadida Paxtakor tumani ekologiya davlat inspektorlari H.Suvonqulov va B.Meliyevlar uşbu fermer xöjaligi hududiga 2023 yilning 2 yanvar kuni taxminan 15:30 lar atrofida yetib borişadi. Hududda oq rangli davlat raqami 25 V 024 GA belgili Nexia-1 rusumli avtoulovda uç nafar şaxs ov qurollari bilan ov qilib yurgan holati aniqlanadi. Şundan söng inspektorlar tomonidan ovçilardan tegişli hujjatlar söralganda, ular davlat inspektorlariga qarşilik körsatib, hujjatlarni taqdim etmasdan avtoulovni harakatlantirişni boşlaydilar. Inspektor B.Meliyev avtoulovning orqa eşigini oçib, ularni töxtatişga urinadi. Lekin inspektorning qonuniy talabiga böysunmagan ovçilar inspektor B.Meliyevni avtoulov saloniga tortib olib, uni Zafarobod tumaniga tomon harakatlantirib ketadi.
Davlat inspektori X.Suvonqulov avtoulov orqasidan kuzatib boradi va inspektor B.Meliyevning tan jarohati yetkazilgan holda Zafarobod tumani markaziga taşlab ketilgani guvohi böladi.
Ta’kidlanişiça, ayni paytda ovçilarning şaxsini aniqlaş va ularga nisbatan qonuniy çora köriş uçun viloyat IIB tomonidan suriştiruv işlari boşlab yuborilgan. Davlat inspektori B.Meliyev esa RŞTTYoM Jizzax viloyati filialida tibbiy yordam olmoqda.

















