6-8 may kunlari OAV vakillari uçun «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat boğiga mediatur taşkil qilindi. Kun.uz muxbiri mazkur qöriqxona hududiga kiruvçi Qoplonqirdan fotosuratlarni taqdim qiladi. Qönğirot tumani hududidagi Qoplonqir çinki Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston davlatlari örtasida joylaşgan.

Mazkur hudud körinişi jihatidan ajralib turadi. Baland-baland tepaliklar, bepoyon kengliklar insonlarni öziga mahliyo etib qöyadi. Jurnalistlarni öziga jalb qilgan narsa – bu hududning nomi böldi. Ma’lum bölişiça, Qoplonqir deya nomlanişiga sabab bu yerlarda qadimdan qoplonlar yaşagan va ular hozir ham mavjud ekanligi haqida ma’lumotlar bor.