Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 5,5 ming gektar yer yoshlarga ijaraga beriladi
Ehtiyojmand oila farzandlari bo‘lgan 38 mingdan ortiq yoshlarga 5,5 ming gektar yer 10 yil muddatda ijaraga beriladi.
Toshkent viloyatida “daftar”larda ro‘yxatda turuvchi 38 ming nafardan ortiq yoshlarga jami 5 531 gektar yer maydoni ajratiladi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, yerlar 2021 yil 23 noyabrdagi prezident qarori asosida 15ta tumandan ball boniteti o‘rtacha 60dan kam bo‘lmagan hisobda beriladi.
“Bundan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni band qilish, aholining daromad topish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishida dehqon xo‘jaliklari ulushini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini barqarorlashtirishdir”, deyiladi manbada.
Ma'lumot uchun, prezident qarori bilan respublikadagi 200 ming gektar yer maydonlari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda 10 yilga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi. Yerlarni ajratish 2022–2025 yillar davomida amalga oshiriladi.
Mazkur yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, bunday yerlar Toshkent viloyati hududida 2022 yilda 5,5 ming, 2023 yilda 3,9 ming, 2024 yilda 2,7 ming, 2025 yilda 1,7 ming gektar hisobida ajratiladi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026