200 ming gektar yer maydonlari fuqarolarga 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda 10 yilga ijaraga beriladi

Prezident “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini 2022-2025 yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish;
- zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.
Belgilanishicha:
- qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-IJARA” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
- qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi, bundan Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga berish hollari mustasno;
- dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JPMorgan: Trampning bojlarni ko‘rib chiqishi turg‘unlik xavfini kamaytirmadi
Jahon | 13:38
-
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
Iqtisodiyot | 13:31
-
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi
Jahon | 13:23
-
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

19:37 / 09.04.2025
Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

12:24 / 06.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

15:49 / 01.04.2025