Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yoritish ustuniga borib urilgan «Lasetti» haydovchisi vafot etdi
2021 yil 11 dekabr kuni taxminan soat 06:00da Chilonzor tumani Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, «Lasetti» avtomobilini ishonchnoma asosida boshqargan, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvni yo‘qotib, yorituvchi ustunning beton asosiga to‘qnashgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
YTH oqibatida haydovchi jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
12:20
YPXdan qochgan BMW'lar ishi: prokuratura sud qaroriga protest kiritdi
10:47
Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi odam urib yuborib, hodisa joyidan ketib qoldi
10:35
YPX xodimi urib ketilgan BMW'da o‘nlab qoidabuzarliklar sodir etilgan - IIBB
08:26