Jahon | 23:15 / 15.12.2021
5952
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln nafardan oshgan.

Foto: Reuters

O‘tgan sutkada Buyuk Britaniyada 78 ming 610 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Britaniyaning COVID-19 statistikasi bo‘yicha saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon aniqlangan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma’lumot berilishicha, 4671 holat «omikron» shtammi bilan bog‘liq.

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln nafardan oshgan.

«Omikron» shtammi noyabr oyida JARda aniqlangandi. Bugunga qadar ushbu shtammni yuqtirish holatlari 70dan ortiq mamlakatda qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid