Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ichki qo‘shinlar qo‘mondoni hibsga olindi
Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi ichki qo‘shinlarning qator mansabdor shaxslariga nisbatan mamlakat jinoyat kodeksining “lavozimini suiiste’mol qilish”, “tovlamachilik”, “o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish” kabi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Foto: Qirg‘iziston IIV
Qirg‘iziston ichki qo‘shinlar qo‘mondoni Islombek Kenjaqulov o‘ta yirik miqdorda davlat mablag‘ini talon-toroj qilishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasiga tayanib TASS xabar berdi.
“Kenjaqulov ichki qo‘shinlardagi budjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi ishi bo‘yicha qo‘lga olindi”, — degan agentlik manbasi.
Dekabr boshlarida Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi ichki qo‘shinlarning qator mansabdor shaxslariga nisbatan mamlakat jinoyat kodeksining “lavozimini suiiste’mol qilish”, “tovlamachilik”, “o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish” kabi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.
Dastlabki surishtiruvlarda Qirg‘iziston ichki qo‘shinlaridagi mansabdor shaxslar shaxsiy tarkib uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga mo‘ljallangan budjet mablag‘larini soxta firmalar hisobiga o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gap 34 mln som (400 ming dollar) haqida bormoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:22 / 16.04.2026