Jahon | 23:47 / 22.12.2021
6678
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yil oxirigacha mamlakatdagi AESlarning yarmi yopiladi

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan uchta AES qoladi, ammo ular ham 2022 yil oxirigacha yopiladi.

Foto: Global Look Press

Germaniya 2021 yil oxirigacha mamlakatdagi AESlarning yarmini yopishni mo‘ljallamoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Grohnde, Gundremmingen C va Brokdorf AESlarining yopilishi Germaniyaning yadroviy energetikadan voz kechish rejasining bir qismi hisoblanadi.

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan uchta AES qoladi, ammo ular ham 2022 yil oxirigacha yopiladi.

2011 yilda Yaponiyaning Fukusima AESidagi halokatdan so‘ng Angela Merkel hukumati atom energiyasidan foydalanishdan voz kechishga va’da bergandi. 

Bu yil Germaniyada qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi pasayib ketdi, deb ma’lum qildi mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish federal agentligi.

"Joriy yilning birinchi choragida shamol juda kam esdi, quyosh esa o‘tgan yilgiga nisbatan kamroq nur sochdi", – deya izoh berdi agentlik.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid