Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston “yer-yer” sinfidagi yangi raketani sinovdan o‘tkazdi
Hindiston “yer-yer” sinfidagi yangi avloddagi raketa Pralay’ning sinovini o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Foto: Reuters
Sinovlar Hindistonning mudofaa sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (DRDO) tomonidan 22 dekabrda Abdul-Kalam orolidan amalga oshirilgan. Raketa belgilangan trayektoriya bo‘ylab uchib, nishonni aniq mo‘ljalga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pralay raketasi 150 kmdan 500 kmgacha ta’sir doirasiga ega bo‘lib, mobil qurilmadan otilishi mumkin.
Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx DRDO’ni raketaning muvaffaqiyatli sinovlari bilan tabriklagan va tashkilotga minnatdorlik bildirgan. O‘z navbatida, DRDO rahbari Ratish Reddi yangi avloddagi raketa “Hindiston qurolli kuchlarini yanada mustahkamlashga zarur turtki berishini” aytgan.
Mavzuga oid
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 13.05.2026
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
19:15 / 01.05.2026