Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Qoraqalpog‘istonda qor
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlariga qor yog‘gani tasvirlangan suratlar tarqaldi.
Avvalroq Respublika Gidrometeorologiya markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turishi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishidan ogohlantirgan edi.
Chimboy tumani hokimligi hududdagi ko‘chalarni qalin qor qoplagani aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Qor Nukusga ham yetib kelgan, qor tufayli shaharda jamoat transporti faoliyatiga cheklovlar qo‘yilgan.







Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida 19 dekabr kuni qor yog‘ayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgan, 13 dekabrda esa Qashqadaryo va Samarqandni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani sabab yopilgandi.
Mavzuga oid
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026
Tog‘larda qor ko‘p: yana qorbo‘ronlari kuzatiladimi?
09:18 / 23.01.2026