Jahon | 17:32 / 25.12.2021
5382
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda IShIDga aloqadorlikda gumonlanib bir necha nafar xorijlik qo‘lga olindi

Ular Istanbulning beshta rayonida o‘tkazilgan terrorizmga qarshi reydlar davomida qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarning yonidan elektron materiallar va terakt uyushtirishga aloqador hujjatlar topilgan.

Foto: AFP

Turkiya politsiyasi IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar xorij fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar teraktlar sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Ular Istanbulning beshta rayonida o‘tkazilgan terrorizmga qarshi reydlar davomida qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarning yonidan elektron materiallar va terakt uyushtirishga aloqador hujjatlar topilgan.

Hozircha qo‘lga olinganlarning qaysi davlat fuqarosi ekani ma’lum qilinmagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid