Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi oylarda 1,9 mingga yaqin jangari toliblar safidan chiqarildi
Toliblar sentyabr oxirlarida jangarilarning axloqini nazorat qilish va aybdorlarni jazolash bilan shug‘ullanuvchi "Tasfiya as-Saf" komissiyasini tuzgandi.
Oxirgi oylarda 1,9 mingga yaqin jangari "Tolibon" harakati safidan chiqarildi. Bu haqda harakat vakili Alhanafiy Vardak ma’lum qildi.
"Afg‘oniston islom amirligida "Tasfiya as-Saf" komissiyasi tuzilganidan buyon 1895 kishi AIA safidan chiqarildi. Ular orasida provinsiyalar rahbarlari va dala komandirlari bor", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Toliblar sentyabr oxirlarida jangarilarning axloqini nazorat qilish va aybdorlarni jazolash bilan shug‘ullanuvchi "Tasfiya as-Saf" komissiyasini tuzgandi.
Dekabrda esa afg‘on armiyasini qayta tashkil etish va samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. "Tolibon"ning bildirishicha, Afg‘onistonning yangi qurolli kuchlari tarkibiga kamida 150 ming askar jalb etiladi.
Bundan tashqari, harbiy ta’lim tizimiga diniy va mafkuraviy tarbiya asoslari kiritiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026