Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy afrikalik Nobel sovrindori Desmond Tutu vafot etdi
1984 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, janubiy afrikalik arxiyepiskop Desmond Tutu 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda JAR prezidenti devonxonasi ma’lum qildi.
Foto: REUTERS/Mike Hutchings
Keyptaunda olamdan o‘tgan Tutu JARning Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan hali hayot bo‘lgan so‘nggi vakili edi.
“Prezident Siril Ramafosa 26 dekabrda faxriy arxiyepiskop Desmond Mpilo Tutu vafot etgani munosabati bilan barcha janubiy afrikaliklar nomidan chuqur ta’ziya bildiradi”, deb aytilgan xabarda.
Tutu JARdagi aparteid tuzumiga qarshi kurashchilardan biri bo‘lgan va buning uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. U 1985 yilda JARdagi birinchi qora tanli yepiskop, 1986 yilda esa birinchi arxiyepiskop bo‘lgan.
Tutu JARning aparteid vaqtidagi oxirgi prezidenti, mamlakatni 1989 yildan 1994 yilgacha boshqargan Frederik Villem de Klerk vafotidan bir oy o‘tib hayotdan ko‘z yumdi. De Klerkdan keyin mamlakat prezidenti lavozimini aparteidga qarshi yana bir mashhur kurashchi Nelson Mandela egallagan.
Tutu Mandela va de Klerk o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lgan. U Mandela hokimiyat tepasiga kelgach, aparteid vaqtida inson huquqlari buzilishlari holatlarini tergov qilish bilan shug‘ullangan qo‘mitaga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025
JAR prezidenti Ukrainada jang qilayotgan janubiy afrikaliklar Donbassda tuzoqqa tushganini aytdi
08:34 / 09.10.2025
Kimyo bo‘yicha Nobelni metalloorganika bo‘yicha uch mutaxassis oldi
10:34 / 14.08.2025