AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni, 15 yanvarda Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçado bilan uçraşdi. Uçraşuv Vaşington bu mamlakat rahbari Nikolas Maduroni “qölga olgani”dan keyin Venesuelaning kelajagini muhokama qiliş uçun ötkazildi.
Oq uydagi uçraşuvdan söng, ötgan yili Nobel tinçlik mukofoti laureati bölgan Maçado jurnalistlarga özining Nobel medalini Trampga “ozodlikka bölgan uning noyob sadoqatini tan oliş belgisi sifatida” “topşirgan”ini aytdi. Qisqa bayonotida u yana uçraşuv AQŞ prezidenti bilan yaxşi ötganini, uning tarafdorlari esa Trampga tayanişi mumkinligini qöşimça qildi.
AQŞ prezidenti Mariya Korina Maçadoning unga öz Nobel tinçlik mukofotini “topşirgan” qadamini qadrladi. “Mariya menga işlarim uçun Nobel tinçlik mukofotini topşirdi. Bu özaro hurmatning ajoyib işorasi edi. Rahmat, Mariya!”, — deb yozdi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Oq uydagi manba Reuters agentligiga AQŞ prezidenti “medalni özida saqlab qoliş niyatida” ekanini bildirdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittga köra, uçraşuv davomida Tramp Maçadoda yaqin muddatda mamlakatga rahbarlik qiliş uçun zarur qöllab-quvvatlaş yetişmasligini aytdi.
9 yanvar kuni Tramp CNN telekanali efirida Mariya Korina Maçado bilan gaplaşmoqçi ekanini bildirgan edi. “U (Venesuelani boşqarişning) ayrim jihatlariga jalb qilinişi mumkin (AQŞ Nikolas Maduroni qölga olganidan keyin Venesuelani boşqariş haqida gap ketyapti — tahr.). Men u bilan gaplaşişim kerak. U kelişni xohlayotgani juda yaxşi, deb öylayman. Mening tushunishіmcha, sabab ham şu”, — degan u.
Nobel tinçlik mukofotini beriş uçun mas’ul bölgan Norvegiya Nobel instituti 9 yanvar kuni laureat bu mukofotni boşqa şaxsga ötkazişi mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi. “Nobel mukofoti berilişi e’lon qilinganidan keyin uni qaytarib oliş, böliş yoki boşqalarga ötkaziş mumkin emas. Qaror — yakuniy va abadiy kuçda qoladi”, — deb ta’kidladi institut.
Bundan oldin Mariya Korina Maçado mukofotni Trampga ötkazişni yoki uni AQŞ prezidenti bilan bölişişni xohlaşini aytgan edi. Bu bayonot Tramp Maçadoni Venesuelaning vaqtinça yetakçisi etib tayinlaş ğoyasini oçiqça rad etganidan keyin yangragan. The Washington Post gazetasi ma’lumotiga köra, bu rad etişga sabab — Maçado Trampga Nobel tinçlik mukofotini “bermagani” bölgan.








