Jahon | 18:44 / 28.12.2021
14633
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada rekord darajada qor yog‘di

Aomori prefekturasida qorning balandligi 200 santimetrga yetgan.

Foto: AP

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi natijasida transport harakati izdan chiqdi va minglab xonadonlar elektrsiz qoldi. Bu haqda The Watchers xabar bermoqda.

Yapon dengizi sohillarida yetti kundan beri qor yog‘moqda. Hukumat aholiga zaruratsiz uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. 

Aomori prefekturasida qorning balandligi 200 santimetrga yetgan.

Mamlakatning ayrim qismlarida parvozlar bekor qilindi va transport harakati izdan chiqdi. 3200dan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid