Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Krishtianu Ronalduga qo‘yilgan haykal noroziliklarga sabab bo‘ldi
Hindistonning Goa shtatida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu haykali paydo bo‘ldi. Biroq Kalangut shahrida o‘rnatilgan haykal hamma tomonidan birdek qabul qilinmagan va ba’zi fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
“Futbolga muhabbat va yoshlarimiz iltimosiga ko‘ra hamda ularni futbolni yuqoriroq cho‘qqilarga ko‘tarishga ilhomlantirish uchun bog‘da Krishtianu Ronaldu haykalini o‘rnatdik”, deb ma’lum qilgan Goaning fan va texnologiyalar vaziri Maykl Lobo Twitter’da.
Biroq, Times of India nashrining yozishicha, mahalliy aholi bundan norozi bo‘lgan. Odamlarning fikricha, mahalliy ma’muriyat xorijlik futbolchi o‘rniga hind sportchisi haykalini o‘rnatishi kerak edi.
Bundan tashqari, masalaning siyosiy tomoni ham bor. Gap shundaki, Goa Portugaliyaning sobiq mustamlakasi hisoblanadi va undan 60 yil avval mustaqil bo‘lgan, Ronaldu esa portugaliyalik.
Loboning aytishicha, haykal o‘rnatilishiga qarshi bo‘layotganlar Hindistonning sportda ildamlashini istamaydilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, og‘irligi 410 kg bo‘lgan haykalni tayyorlash uchun 15 ming yevro va 3 yil vaqt sarflangan.
Mavzuga oid
12:37
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
19:25 / 01.06.2026