Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Normat Tursunov Zarafshon shahar hokimini jazoladi
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov farmoyishi asosida Zarafshon shahar hokimi Anvar Rajabovga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida intizomiy jazo qo‘llanildi. Bunga shahar hokimining mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.
Viloyat rahbarining 27 dekabrdagi farmoyishiga ko‘ra, Zarafshon shahar hokimi Anvar Rajabov zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ta’minlashda mas’uliyatsizlikka, sustkashlikka va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan hamda mehnat va ijro intizomini buzgan. Shu sababli unga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Hokim farmoyishiga viloyat prokuraturasining 16 dekabrdagi “Intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida”gi qarori va Anvar Rajabovning tushuntirish xati asos sifatida ko‘rsatilgan.
Oldinroq prokuratura Zarafshon shahar hokimining 59 ta farmoyishini haqiqiy emas, deb topish yuzasidan sudga ariza kiritgan va apellyatsiya sudida ham yutqazgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2026
Zarafshonda ko‘p qavatli uydagi xonadonda basseyn qurib olingani aniqlandi
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
10:19 / 19.08.2024
Navoiyda yangi shaharcha qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
19:27 / 01.06.2024