Zarafşon şahar hokimi 2021 yilning aprel-may oylarida 59 nafar fuqaroga farmoyiş asosida şahar hududidan xizmat körsatiş şoxobçalarini örnatiş uçun vaqtinça yer uçastkalari taqdim etgan. Fuqarolar uşbu yer uçastkalarida belgilangan xizmat körsatiş turlari böyiça tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun harakatni boşlab yuborişgan. Ammo Zarafşon şahar prokuraturasi hokimning mazkur farmoyişlarini qonunçilikka töğri kelmaydi, deya hisoblagandi.

Foto: Kun.uz

Prokuratura Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uçastkalarini egalik qiliş, foydalaniş uçun, ijaraga va mulk qilib beriş (realizatsiya qiliş) yer ajratiş tariqasida amalga oşirilişini ta’kidlab, hokimlik farmoyiş asosida yer maydonidan foydalanişga imkon yaratgan, degan vajni ilgari surgandi. Sud qaroriga köra, şahar hokimining farmoyişi bilan fuqarolarga yer ajratilmagan, aksinça 5 yil muddatga yengil konstruksiyali savdo dökonlari va xizmat körsatiş şoxobçalarini örnatişga ruxsat berilgan.

Foto: Kun.uz

Şuningdek, sudlov hay’ati arizaçining hokimlik mazkur masalada qaror qabul qilmasdan farmoyiş çiqarganligi qonun talablariga zid hisoblanişi, Yer kodeksining 20-moddasi notöğri talqin qilinib, moddiy huquq normalari buzilganligi haqidagi vajlarini ham rad qildi.