Navoiyda Yangi Navoiy şaharçasi qurilişiga tamal toşi qöyildi. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatçilik vakillari iştirokida ötkazilgan tadbirda şaharça loyihasi taqdimoti ötkazilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Şohira Raufboyeva ma’lum qildi.

Loyiha Karmana tumanidan Navoiy şahriga ötkazilgan hudud – Yoşlik mahallasida amalga oşirilmoqda. Şaharçaning umumiy maydoni 1097,6 gektarni taşkil etib, birinçi bosqiçda 450 gektar yer maydonida quriliş işlari bajarilişi rejalaştirilgan.
Loyiha Navoiy viloyati hokimligi huzurida amalga oşiriladi. Buning uçun “Yangi Navoiy şaharçasi” işbilarmonlik markazi direksiyasi” davlat muassasasi taşkil etilgan.

Şaharçada “Yangi Özbekiston” boği va madaniy dam oliş sayilgohlari, Navoiy davlat pedagogika institutining yangi binolari (kampus tipida) va boşqa ijtimoiy soha obektlari, köp qavatli turarjoylar, tadbirkorlik va işbilarmonlik, maişiy xizmat körsatiş va servis obektlari böladi. Şuningdek, hududda kutubxona, sun’iy köl va hunarmandçilik ustaxonalari bunyod etiladi.



Quriliş işlari Xitoy, Turkiya va mahalliy quriliş kompaniyalari tomonidan amalga oşirilmoqda. Hozir e-auksion.uz platformasi orqali 20 ga yaqin lotlar xaridi e’lon qilingan.












