Jahon | 18:40 / 31.12.2021
3027
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi

Emlash kampaniyasi Turkiyaning yirik shahar shifoxonalarida boshlandi. Turkovac vaksinasi Erjiyes universiteti va mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot instituti (TUSEB) hamkorligida ishlab chiqilgan.

Foto: AP

Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy Turkovac vaksinasi bilan emlash boshlandi, deb xabar berdi Reuters.

Emlash kampaniyasi Turkiyaning yirik shahar shifoxonalarida boshlandi. Turkovac vaksinasi Erjiyes universiteti va mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot instituti (TUSEB) hamkorligida ishlab chiqilgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja Anqara shahar shifoxonasida uchinchi buster doza sifatida Turkovac vaksinasini qabul qildi.

Xabar qilinishicha, mamlakatda Sinovac va Pfizer/BioNTech kompaniyalarining 130 mln doza vaksinasi qo‘llanilgan, ammo ushbu haftada kunlik kasallik yuqtirish holatlari soni 30 mingdan oshgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid