O‘zbekiston | 09:39 / 03.01.2022
5146
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tiladi

O‘zbekistonda nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Qayd etilishicha, xalqaro tajribani o‘rgangan holda sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish konsepsiyasi va uning tamoyillarini amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish nazarda tutilgan. 

Nogironlikni belgilash mezonlari jahon andozalariga mos ijtimoiy modelga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza jarayoni raqamlashtiriladi, unda inson omili ishtiroki maksimal kamaytiriladi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasi 60 foizga yetkaziladi. 

Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda davlat ishtirokining o‘rni va rolini oshirish orqali yangi tizim joriy qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid