“Muhtoj şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan ta’minlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 maygaça davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalarining turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi.
2024 yil 1 maydan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uçun davlat tomonidan muhtoj şaxslarga qoplab beriladigan mablağlar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib çiqib örtaça 3 baravargaça, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargaça oşiriladi.
Nogironligi bölgan şaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylaştirmasdan nogironlik töğrisidagi ma’lumotnoma asosida belgilanadi.
Nogironlik guruhiga ega bölmagan pensiya yoşidagi şaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi töğrisidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylaştiriladi.
2024 yil 1 maygaça Toşkent şahri va Samarqand viloyatida, 2024 yil 1 oktyabrgaça respublikaning boşqa barça hududlarida muhtoj şaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vauçer asosida ta’minlaş tartibi joriy etiladi.












