Jahon | 13:41 / 04.01.2022
5023
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Yangi shtammda 46ta mutatsiya mavjud. Uning qay darajada yuqumli yoki xavfli ekanligi hozircha noma’lum.

Foto: EPA/Vostock-photo

Fransiyaning Marsel shahrida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Heute gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, yangi variant Kamerundan Fransiyaga qaytgan odamda aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi shtamm 12 kishida qayd etilgan.

Marsel shifokorlari yangi variantda 46ta mutatsiya borligini aniqlagan. Yangi shtamm B.1.640.2 deb nomlandi.

Hozircha shtammning qay darajada yuqumli yoki xavfliligi borasida ma’lumot yo‘q.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid