O‘zbekiston | 08:15 / 04.01.2022
5737
1 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistika universiteti AOKA tarkibiga o‘tkaziladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini xalqaro tashkilotlarning so‘z va matbuot erkinligi sohasidagi tavsiyalari asosida qayta tashkil qilish rejalashtirilmoqda. 

Foto: Kun.uz

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mavjud shtat birliklari hamda mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorini saqlagan holda, tashkilotni boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil hamda Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor shaklda qayta tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibiga o‘tkaziladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi hamda matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi reytingini tuzish orqali sohada yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar matbuot kotiblarini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid